Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Mustaqillik – eng ulug‘ ne’mat

Chop etish Sahifani ulashish
30.08.2022 2959 Yangiliklar

 

Mustaqillik – har bir yurtdoshimiz uchun eng ulug‘ va eng aziz sanalgan bebaho buyuk ne’mat, ulug‘ bayram. Bu yil yurtdoshlarimiz Vatanimiz Mustaqilligining 31 yilligini “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz" ezgu g‘oyasi ostida katta shodiyona bilan kutib olmoqda.

 

Vatanimiz mustaqilligining shonli 31 yillik bayrami arafasida Transport vazirligida “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida tashkil etilgan tadbirda el suygan ijodkor, O‘zbekiston xalq shoiri Mahmud Toir, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Qobilbek Karimbekov ishtirok etishdi.

 

Tadbir mehmonlari davlatimiz mustaqilligi xalqimizning milliy manfaatlarini, tinch va osuda hayotini ta’minlash, mamlakatimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishning mustahkam poydevori bo‘lib xizmat qilayotganligini ta’kidlab o‘tishdi.

 

Mamlakatimizda mustaqillik bayrami xalqimiz tomonidan eng aziz va eng ulug‘ bayram sifatida keng nishonlanishi ona diyorimizdagi tinchlik, osuda hayot va barqarorlikning yorqin namunasi ekanligi tadibir qatnashchilari tomonidan e’tirof etildi.