Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

“Korea Expressway Coporation” korporatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Chop etish Sahifani ulashish
24.05.2022 2795 Yangiliklar

 

Bugun, 24-may kuni Transport vaziri o‘rinbosari Abdusamat Mo‘minov Janubiy Koreyaning «Korea Expressway Corporation» («KEC») korporatsiyasi xorijiy loyihalar departamenti direktori o‘rinbosari Kim De Xo bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tomonlar joriy yilning 11-15 aprel kunlari Transport vaziri o‘rinbosari Abdusamat Mo‘minov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining Koreya Respublikasiga tashrifi yakunlari bo‘yicha imzolangan Memorandumda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amaliy ijrosini muhokama etishdi.

Xususan, tomonlar transport hamda yo‘l xo‘jaligi sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, grant mablag‘larini jalb qilgan holda istiqbolli loyihalarning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish masalalari yuzasidan fikr almashdi.

Kim De Xo «KEC» korporatsiyasi O‘zbekistonda DXSh asosidagi transport infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etishga katta qiziqish bildirayotganligini ma’lum qildi. Shuningdek, u mazkur yo‘nalishda istiqbolli loyihalarni birgalikda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi mablag‘larini jalb etgan holda amalga oshirishni ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar muhokama etilgan masalalar yuzasidan kelgusi qadamlarni belgilab, ushbu yo‘nalishda hamkorlikni faollashtirishga kelishib oldi.