Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Kinoijodkorlar bilan uchrashuv

Chop etish Sahifani ulashish
02.08.2022 2479 Yangiliklar

 

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Inson qadri uchun” va “Mahallabay” tamoyillari asosida ishlarni tashkil etish orqali xalqimiz turmush farovonligini yanada oshirish, ayniqsa yoshlarni yuksak bilimli va ma’naviyatli qilib voyaga yetkazish, joylarda fuqarolarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida qator chora-tadbirlar olib borilmoqda.

Transport vazirligi birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan haftaning dam olish kunlari poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumani mahallalarida muntazam ravishda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.

Ana shunday tadbirlarning navbatdagisi kuni kecha Mirzo Ulug‘bek tumanining Alisher Navoiy mahallasida istiqomat qilayotgan aholi uchun tashkil etildi.

Mazkur tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Alisher Otaboyev, “Do‘stlik” ordeni sohibasi kino va dublyaj aktrisasi Barno Qodirova hamda aktrisa Oygul Abdurahmonova ishtirok etdi.