Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Yo‘lovchilar diqqatiga!

Chop etish Sahifani ulashish
25.01.2021 3951 Yangiliklar

 

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ fuqarolarning transport xizmatlariga bo‘lgan talablarini inobatga olib, yo‘lovchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida 2021 yilning 3-4 fevral kunlaridan boshlab, Toshkent – Shovot – Toshkent yo‘nalishida 58/57-sonli poyezdlarning qatnovini haftasiga 3 marotaba amalga oshiradi.

Xususan, haftaning chorshanba, shanba va yakshanba kunlari Toshkent – Shovot yo‘nalishida 58-sonli hamda payshanba, yakshanba va dushanba kunlari esa Shovot – Toshkent yo‘nalishida 57-sonli poyezdlar yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.

IZOH: Qo‘shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.