Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Isroilning “Israel Aerospace Industries” konserni bilan hamkorlik istiqbollari muhokama etildi

Chop etish Sahifani ulashish
05.07.2022 2605 Yangiliklar

 

Bugun, 5-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilhom Mahkamov “Isroil aerokosmik sanoati” (Israel Aerospace Industries) konserni shtab-kvartirasining marketing va biznesni rivojlantirish bo‘yicha bosh direktori Yevgeniy Sheynin bilan uchrashdi.

Uchrashuvda fuqaro aviatsiyasi sohasida xizmatlar ko‘rsatish yo‘nalishida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama etildi.

Xususan, "Uzbekistan Airways Technics" aviakorxonasida samolyotlarga texnik xizmat ko‘rsatish, havo kemalari dvigatellarini ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida o‘zaro hamkorlikdagi loyihalarni yo‘lga qo‘yish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar muhokama qilingan hamkorlik yo‘nalishlari doirasida kelgusida amalga oshiriladigan vazifalarni belgilab oldilar.