Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Hududlarda 310 ta yangi avtobus yoʼnalishlari tashkil etiladi

Chop etish Sahifani ulashish
11.10.2021 3784 Yangiliklar

 

“Hududlarda jamoat transporti faoliyatini yanada takomillashtirish toʼgʼrisida”gi Hukumat qarori (630-son, 08.10.2021-y.) qabul qilindi

Qarorga muvofiq, 2021-2022 yillarda qishloqni tuman markazi bilan, tuman markazini viloyat markazi bilan bogʼlaydigan jami 310 ta yangi avtobus yoʼnalishlari (shundan shahar – 60 ta, shahar atrofi – 193 ta, shaharlararo (viloyat ichida) – 57 ta) tashkil etiladi.

Tijorat asosida yoʼlovchilar tashish xizmatini koʼrsatadigan va bunga maxsus ruxsatnomasi (litsenziyasi) boʼlgan yuridik shaxslar (tashuvchilar) tomonidan shahar atrofi yoki viloyat ichidagi shaharlararo avtobus yoʼnalishida koʼriladigan zarar miqdori 30 foizgacha (30 foiz ham shu jumlaga kiradi) boʼlgan yoʼnalish norentabel avtobus yoʼnalishi boʼlib hisobga olinadi, Toshkent shahri bundan mustasno.

Tashuvchilarga norentabel yoʼnalishlar boʼyicha tegishli hududiy komissiyalar tomonidan subsidiya ajratiladi.

Qarorga koʼra, Tadbirkorlik faoliyatini qoʼllab-quvvatlash davlat jamgʼarmasi tomonidan:

tijorat banklarining Yangilash paramertlari doirasida avtobus va mikroavtobus xaridi uchun ajratiladigan kreditlar boʼyicha kredit summasining 50 foizigacha (50 foiz ham shu jumlaga kiradi), biroq 8 mlrd soʼmdan ortiq boʼlmagan miqdorda kafillik beriladi;

tashuvchilarga ajratilgan kredit foiz stavkasining 5 foizdan ortiq boʼlmagan qismi qoplab beriladi.