Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Haydovchilar o‘rtasida profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
11.01.2022 3072 Yangiliklar

 

Yo‘l transport hodisalarining oldini olish, yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Toshkent shahar IIBB Yo‘l harkati xavfsizligi boshqarmasi, Yo‘l-partrul xizmati va Toshkent shahar transport boshqarmasi Avtomobil tashuvlarini nazorat qilish bo‘limi inspektorlari hamkorligida Toshkent shahri hududida joylashgan YPX maskanlari, “Toshkent” avtovokzali, “Boburshox” avtostansiyasi, bozorlar, yirik savdo majmualari va sun’iy ravishda tashkil etilgan avtoturargohlarda yo‘l transport hodisalarini oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.

Tadbirlar davomida haydovchilarning yo‘l harakati qoidalariga, sanitariya talablariga, mehnat va dam olish tartibiga, avtomobil transportida yo‘lovchilar va yuklarni tashish qoidalariga rioya etilishi hamda tashuvlarni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq litsenziya va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlari asosida amalga oshirilishi yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borildi.