Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Gender tenglik – munosabatlarning ijtimoiy jihati

Chop etish Sahifani ulashish
02.03.2021 4966 Yangiliklar

 

Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar inson manfaatlarining ustunligiga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Xususan, yurtimizda gender tengligini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Buning samarasi o‘laroq so‘nggi yillarda jamiyatning turli sohalarida, ham milliy, ham mintaqaviy darajada ayollarning roli va mavqeida ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda.

Bugun Transport vazirligida ishchi xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida “Jamiyatda gender tengligini ta’minlash” mavzusida axborot – ma’rifiy tadbiri tashkil etildi.

Videokonferent aloqa shaklida tashkil etilgan tadbirda vazirlik markaziy apparati, tizim tashkilotlari hamda hududiy transport boshqarmalari xodimlari ishtirok etishdi. Tadbirda USAID tashkilotining Huquqiy islohotlar dasturi bosh mutaxassisi Malika Inakova o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

Tadbirda gender tushunchasi va uning ijtimoiy hayotdagi ahamiyati, fuqarolarning gender xabardorligini oshirish, jinslardan birining ustunligi g‘oyasiga asoslangan noto‘g‘ri tasavvurlardan xoli bo‘lish, mamlakatimiz qonunchiligida ayol va erkaklarning teng huquqliligi tamoyillari mustahkamlab qo‘yilganligi yuzasidan fikr-mulohazalar yuritildi.

Shu bilan birga, so‘nggi yillar mobaynida xotin qizlarni qo‘llab - quvvatlash, ijtimoiy muhofaza qilish borasida qabul qilingan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar ularning mazmun-mohiyati to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.