Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Fuqaro aviatsiyasi agentligiga yangi rahbar tayinlandi

Chop etish Sahifani ulashish
21.12.2021 3676 Yangiliklar

 

Bugun, 21 - dekabr kuni Transport vaziri Ilhom Mahkamov rahbarligida Fuqaro aviatsiyasi agentligida bo‘lib o‘tgan tadbirda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Taxir Alimjanovich Nazarov Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligining direktori etib tayinlandi.

Fuqaro aviatsiyasi agentligida uzoq yillar davomida rahbarlik qilib kelgan, mamlakatimiz fuqaro aviatsiyasi sohasining rivojiga munosib hissa qo‘shgan, katta tajribaga ega ustoz Uljayev Tolib Egamberdievich nafaqaga kuzatildi.

Transport vaziri Ilhom Mahkamov Tolib Egamberdievichga uzoq umr va sihat-salomatlik tilab, mamlakatimiz fuqaro aviatsiyasi sohasida ustoz shogird an’anasini davom ettirgan holda yetuk mutaxassislarni tayyorlash yo‘nalishida faoliyatni davom ettirishga ishonch bildirdi.