Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashdi

Chop etish Sahifani ulashish
20.10.2022 2407 Yangiliklar

 

Bugun, 20-oktabr kuni Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Terxi Xakala boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.

 

Urashuvda mintaqa davlatlari va Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda xalqaro yuk tashuvlari jarayonlarini yanada rivojlantirish, mintaqa tranzit salohiyatini oshirish, shuningdek, muqobil transport yo‘nalishlari rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashildi.

 

Yevropa Ittifoqi maxsus vakili Terxi Xakala xonim O‘zbekiston tashabbusi bilan davlatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish va mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlikni kuchaytirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish yo‘nalishidagi sa’y-harakatlarni yuqori baholadi.

 

Suhbat chog‘ida mintaqaviy transport-tranzit salohiyatini rivojlantirish davlatlarining barqaror iqtisodiy o‘sishining muhim omillaridan biri ekanligini inobatga olgan holda xalqaro yuk tashuvlari jarayonlarini yanada engillashtirish, sohaga zamonaviy raqamli texnologiyalarni keng joriy etish muhimligi qayd etildi.