Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

YeTTBning Markaziy Osiyo bo‘yicha boshqaruvchi direktori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Chop etish Sahifani ulashish
25.05.2022 2712 Yangiliklar

 

Bugun, 25 - may kuni O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri o‘rinbosari Abdusamat Mo‘minov Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha boshqaruvchi direktori Jujanna Xargitay bilan uchrashdi.

Uchrashuvda J.Xargitay xonim mamlakatimiz transport va logistika tizimini rivojlantirish, soha tashkilotlarida transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish, transport infratuzilma loyihalarini DXSh asosida amalga oshirishni kengaytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni yuqori baholadi.

O‘z navbatida Transport vaziri o‘rinbosari A.Mo‘minov Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki moliyaviy ko‘magi bilan mamtlakatimiz transport tizimini rivojlatirish bo‘yicha investitsiya loyihalarinnig muvafaqqiyatli amalga oshirib kelayotganligini alohida qayd etib o‘tdi.

J.Xargitay xonim YeTTB mamlakatimiz transport sohasidagi islohotlarga moliyaviy hamda maslahat yordamini davom ettirish niyatini tasdiqladi. Muzokaralar yakunida tomonlar muhokama qilingan hamkorlik yo‘nalishlari doirasida kelgusida amalga oshiriladigan vazifalarni belgilab oldilar.