Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Chobahor portidan foydalanish imkoniyatlari muhokama qilindi

Chop etish Sahifani ulashish
14.12.2021 4724 Yangiliklar

 

 

Chobahor portidan foydalanish masalalari bo‘yicha Hindiston, Eron va O‘zbekiston uchtomonlama ishchi guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirining o‘rinbosari A.Mo‘minov, Eron Islom Respublikasi yo‘l va shaharsozlik vazirining o‘rinbosari A.Safai va Hindiston portlari, kemasozlik va dengiz yo‘llari vazirining o‘rinbosari S.Frandja rahbarligida o‘tdi.

Videokonferens aloqa shaklida tashkil etilgan uchrashuvda transport sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, mintaqaviy va xalqaro transport - kommunikatsiya infratuzilmasini shakllantirish masalalari muhokama etildi.

Xususan, tomonlar Chobahor portidan samarali foydalanish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasini port bilan bog‘laydigan transport-logistika kompleksi va transport koridorlari sohasidagi o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashdi.

Uchrashuv davomida Eron va Hindiston vakillari tomonidan Chobahor porti infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan investitsion loyihalar, hamda xorijiy davlatlar tomonidan ushbu transport-tranzit va logistika xabi salohiyatidan foydalanish shartlari yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar Eronning Chobahor porti orqali yuk tashuvlarini tashkil etish, tariflarni optimallashtirish, yuklarni yetkazib berish muddati va xavfsizligini ta’minlash masalalarini o‘rganish bo‘yicha birgalikda ish olib borishga kelishib oldi.