Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

BMT Taraqqiyot Dasturi va Global ekologiya jamg‘armasi ko‘magida Toshkent shahri uchun elektrobuslar sotib olinadi

Chop etish Sahifani ulashish
30.06.2021 6288 Yangiliklar

 

Ushbu loyihani Birlashgan millatlar tashkiloti Taraqqiyot Dasturi va Global ekologiya jamg‘armasining “Atmosferaga zararli moddalarni kam chiqaruvchi avtotransport vositalariga investitsiyalar jalb qilishni jadallashtirish” dasturi doirasida amalga oshirish rejalashtirilgan.

Bugun poytaxtimizda Loyihani baholash Qo‘mitasining manfaatdor vazirlik va idoralar mas’ul xodimlari ishtirokida yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishida mazkur loyiha bo‘yicha amaliy ishlarni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Ushbu loyiha Toshkent shahri misolida shahar jamoat transportida elektrotransportdan jadal ravishda foydalanishni joriy etish yo‘li bilan atrof - muhit sifatini yaxshilashga yo‘naltirilgan bo‘lib, ushbu tajriba O‘zbekiston Respublikasining boshqa shaharlarida ham joriy etilishi mumkin.

Loyiha doirasida Toshkent shahri jamoat transporti uchun elektrobuslarni xarid qilish hamda pilot loyiha tariqasida shaharda yashil transport yo‘lagini joriy etish ko‘zda tutilgan. 6 yil muddatga mo‘ljallangan loyihaga donorlar BMT Taraqqiyot dasturi va Global ekologiya jamg‘armasi tomonidan 3,9 mln.doll. mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Loyihaning joriy etilishi bilan atmosfera havosiga chiqarilayotgan zararli moddalar miqdorining sezilarli darajada kamaytirilishiga erishiladi.

Loyiha Birlashgan millatlar tashkiloti Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi, Toshshahartransxizmat” AJ hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.