Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Bangladesh elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Chop etish Sahifani ulashish
22.11.2021 3104 Yangiliklar

 

O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choryiev Bangladesh Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi janob Alam Muhammad Jahongir bilan uchrashdi.

Uchrashuvda davlatlarimiz o‘rtasida fuqaro aviatsiyasi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, kelgusida charter-reyslarni amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganib chiqish hamda sayyohlarni ziyorat turizmi doirasida tashriflarini tizimli yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama etildi.

Elchi janoblari fuqaro aviatsiyasi sohasidagi aloqalarning mustahkamlanishi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik jabhalarining yanada kengayishiga xizmat qilishini ta’kidladi.

Uchrashuv so‘nggida, ikki tomon vakillari davlatlarimiz o‘rtasida fuqaro aviatsiyasi sohasidagi aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlarni rejalashtirish hamda ularni amaliyotga tatbiq etilishi uchun ko‘maklashishga kelishib oldi.