Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Avtomobilda yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlar elektron tashkil etiladi

Chop etish Sahifani ulashish
06.12.2021 4199 Yangiliklar

 

Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (738-son, 06.12.2021 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2022 - yil 1- yanvardan 1- martgacha yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini ochiq tenderlar orqali biriktirish bo‘yicha elektron tizim test rejimida joriy etiladi.

2022 - yil 1 - martdan shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi.

Transport vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tender tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi.

Qaror bilan tenderni o‘tkazish tartibiga oid nizom tasdiqlandi. Nizomda tender takliflariga qo‘yiladigan talablar, g‘oliblarni aniqlash, shartnoma tuzish va boshqa qoidalar belgilandi.

Tasdiqlangan Nizomga muvofiq:

vakolatli organlar tenderga qo‘yiladigan yo‘nalishlar ro‘yxatini axborot tizimiga kiritadi;

tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi orqali taqdim etiladi;

qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar maxsus axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi va tender g‘olibi aniqlanadi;

tender g‘olibiga shartnoma va guvohnomalar elektron tarzda axborot tizimi orqali taqdim etiladi.

2022 - yil 1 - iyulgacha hududlarda jamoat transportini rivojlantirish kontseptsiyasi ishlab chiqiladi.