Eslatma: Sayt beta rejimida ishga tushirildi. Saytdan foydalanish paytida xatoliklar yuzaga kelishi mumkin.

Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Avtomobilda xalqaro tashuvlar masalalari bo‘yicha O‘zbek – Belarus qo‘shma komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Chop etish Sahifani ulashish
04.08.2022 597 Yangiliklar

 

Joriy yilning 2 - avgust kuni Belarus Respublikasi Transport va kommunikatsiyalar vazirligida xalqaro avtomobil tashuvlari masalalari bo‘yicha Belarus – O‘zbekiston qo‘shma komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 

Yig‘ilishda ikki davlat o‘rtasida 2021 - yil va joriy yilning olti oyi yakunlari bo‘yicha xalqaro avtomobil tashuvlari tahlili, 2023 - yil uchun ikki tomonlama, tranzit va uchinchi mamlakatlarga/dan yuklarini tashish uchun ruxsatnomalarni almashish miqdori, shuningdek, milliy tashuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida muqobil transport yo‘laklarini ishlab chiqish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

 

Tomonlar avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlari sohasida hamkorlikni kengaytirish, xususan, o‘zbek milliy tashuvchilari malakasini oshirish, ularni Belarus ilg‘or tajribasi asosida qayta tayyorlash kurslariga jalb qilish yuzasidan fikr almashdi.