Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Alisher Navoiy haykali poyiga gullar qo‘yildi

Chop etish Sahifani ulashish
09.02.2021 5350 Yangiliklar

 

Ulug‘ mutafakkir, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiyning boy ma’naviy merosi asrlar osha butun bashariyatni hayratga solib, insonlar qalbiga, ongu shuuriga ezgulik, insonparvarlik, saxovat, mehr-muruvvat ziyosini taratib kelmoqda. Mamlakatimizda ulug‘ bobokalonimizga ehtirom ko‘rsatish, asarlarini o‘rganish, uni dunyoda keng targ‘ib etishga doimiy e’tibor qaratilmoqda.

Bugun poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida buyuk shoir tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda mamlakatimiz ilm-fan namoyondalari, ziyolilar, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, adabiyotshunos olimlar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.