Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Aholi muammosi va murojaatlari o‘rganilmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
20.01.2021 4777 Yangiliklar

 

Buxoro viloyati tumanlaridagi transport sohasida mavjud muammolarni o‘rganish, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar bilan yaqindan tanishish maqsadida Transport vaziri o‘rinbosari Rahmonbek Usmonov boshchiligidagi ishchi guruh Buxoro, Qorako‘l, Jondor va Olot tumanlariga tashrif buyurib, mazkur hududlarda yashayotgan aholining turmush tarzi bilan yaqindan tanishishdi va ularni qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganishmoqda.

Tumanlardagi mahalla oqsoqollari hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida mahallabay kesimida mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar rejasi belgilanmoqda.

“Yangi turmush”, “Chovli”, “Dehqonobod”, “Soinqarovul” MFY raislari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda ham mahalla aholisini qiynayotgan masalalar atroflicha o‘rganib chiqildi.