Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

30 - iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan yoshlarga tabrik

Chop etish Sahifani ulashish
30.06.2022 3904 Yangiliklar

 

Yoshlar – har bir yurt va millatning boyligi, buyuk salohiyati hamda kuch-qudrati manbaidir. Yurtimizda aholining 60 foizdan ziyod qismini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil qiladi. Shu bois ham mamlakatimizda yoshlarga g‘amxo‘rlik qilish, ular kelajakda komil inson bo‘lib voyaga yetishi va yurt taraqqiyoti yo‘lida o‘z imkoniyati va salohiyatini ishga solishi uchun barcha sharoitlar yaratib berilmoqda.

Bugungi kunda yurtimizda muhtaram Prezidentimiz rahbarligida amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, mamlakatning munosib kelajagi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga ola biladigan barkamol, maqsadga intiluvchan va serg‘ayrat yoshlarni tarbiyalashga yo‘naltirilgani bilan ahamiyatlidir.

Transport sohasining barcha jabhalarida bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlarni yoshlarning mustaqil fikri, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bugungi kunda transport sohasida 35 mingga yaqin yoshlar faoliyat yuritib kelmoqda.

Transport sohasi yosh xodimlari Vatanimiz va xalqimizga sidqidildan xizmat qilish orzusi bilan o‘qib, o‘z ustida ishlab sohani yangi darajaga ko‘tarish uchun kuch-g‘ayratini ayamasdan harakat qilishiga ishonaman.

Umid qilamanki, Prezidentimizning yoshlarga bildirayotgan yuksak ishonchini oqlash uchun imkoniyatlardan unumli foydalanib, yanada ko‘proq o‘qib va izlanib, zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirib, ishlab chiqarishga joriy qilish orqali sohamizni yanada takomillashtirishda o‘z g‘oyalaringiz bilan faol qatnashasiz.

30-iyun — "Yoshlar kuni" bilan Yangi O‘zbekistonning ertasi bo‘lgan barcha yoshlarni samimiy muborakbod etaman!

Shu muqaddas zaminni asrab-avaylash, mehnatkash xalqimizning orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarish, yurtimizni dunyoning taraqqiy etgan davlatlar qatoriga olib chiqishdek nihoyatda sharafli ishda yoshlarga ishonishimizni, ularga suyanishimizni taʼkidlab, mana shu masʼuliyatli vazifani vijdonan, sidqidildan ado etishda barcha yoshlarga kuch-quvvat, ulkan zafarlar tilayman.

 

O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilhom Mahkamov.