Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

2024-yildagi rejalar bo‘yicha vazifalar belgilanib olindi

Chop etish Sahifani ulashish
30.12.2023 1326 Yangiliklar

29-dekabr kuni Transport vaziri Ilhom Maxkamov boshchiligida sohada joriy yilda amalga oshirilgan ishlar va mavjud muammolar tahlil qilinib, kelayotgan 2024-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar va vazifalar hamda ularning ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 

Unda vazir o‘rinbosarlari, markaziy apparat xodimlari, boshqarma boshliqlari, vazirlik huzuridagi tizim tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot markazi hamda sohaviy tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.

 

Yig‘ilish davomida vazir Ilhom Maxkamov 2024-yilda sohani rivojlantirish bo‘yicha har bir yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarga alohida to‘xtalib o‘tdi. Belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

 

Shuningdek, yig‘ilishda Transport vazirligi tizimida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni amalga oshirish, ijtimoiy muhitni shakllantirish, tizimdagi yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish ishlarida faollik bilan o‘zining hissasini qo‘shib kelayotgan xodimlar “Maʼnaviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

 

Xususan, “Toshkent metropoliteni” DUK maʼnaviyat va maʼrifat ishlari bo‘yicha yetakchi mutaxassisi Mubashira Kasimova hamda Toshkent davlat transport universiteti O‘zbek (rus) tili kafedrasi mudiri Vazira Xasanovalarga ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi.