Eslatma: Sayt beta rejimida ishga tushirildi. Saytdan foydalanish paytida xatoliklar yuzaga kelishi mumkin.

Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Transport vazirligi loyiha boshqarish guruhiga ishga qabul e'lon qiladi

Chop etish Sahifani ulashish
30.06.2022 976 Yangiliklar

 

Transport vazirligi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi o’rtasidagi “Toshkent – Kam uglerodli transportga investitsiyalar jalb etishni jadallashtirish” loyihasini boshqarish guruhiga quyida keltirilgan lavozimlarga ishga qabul e’lon qilinadi.

Lavozim:

1. Loyiha bosh texnik maslahatchisi

2. Xaridlar bo‘yicha mutaxassis

3. Shaharlarni rejalashtirish bo‘yicha mutaxassis

4. Jamoat transporti bo‘yicha mutaxassis

5. Gender tenglik masalalari bo‘yicha mutaxassis

Loyiha 6 yilga mo’ljallangan (2022-2027 yillar). Oylik maosh 10 mln so’mni tashkil etadi.

Loyiha guruhining asosiy vazifalari:

elektr transport vositalarini rivojlantirish milliy startegiyasi va yo‘l xaritasini ishlab chiqish;

yashil shahar transport koridorini joriy etish va undan foydalanishni jadallashtirish hamda shaharlarda ekologik muhitni yaxshilash bo‘yicha milliy va mahalliy strategiyalarini ishlab chiqish;

yashil shahar transport koridori va elektr transport vositalari bo‘yicha me’yoriy hujjat va standartlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

jamoat transportida elektr transport vositalaridan (elektrobus) keng foydalanishni joriy etish orqali ekologiyani yaxshilashga ko‘maklashish;

Toshkent shahrida avtobuslar uchun ajratilgan yo’lak “BRT” pilot loyihasini amalga oshirish.

Nomzodlarga qo’yilgan talablar:

Ma’lumoti:

Shaharsozlik, avtomobilsozlik, yer usti transporti ekspluatatsiyasi, transport va logistika, biznes boshqaruvi, moliya va iqtisod, ekologiya va sohaga oid boshqa yo’nalishlar bo’yicha kamida bakalavr darajasi (magistratura va doktorlik darajasi qo’llab-quvvatlanadi).

Tajribasi:

Nomzodlar kamida 3 yil ish stajiga ega bo’lishi kerak (davlat boshqaruvi va xalqaro tashkilotlarda ish tajribasi qo’llab-quvvatlanadi).

Bilim va malakalari:

Ingliz va rus tillarida erkin so’zlasha va yoza olish, xorijiy materiallarni tahlil qilish;

Erkin kompyuter foydalanuvchisi (MS Word, PowerPoint, Excel va boshqa) kuchli tahliliy qobiliyat;

tahliliy hisobotlarni va takliflarni tayyorlay olish;

yaxshi muloqot qobiliyatlari.

Boshqa talablar:

Qisqa muddatli xorijiy xizmat safarlariga tayyor bo’lish;

Turli topshiriqlar (Multi-tasking) bilan ishlay olishi;

Topshiriqlarni o’z vaqtida va sifatli bajarish. Nomzodlar o’zlari haqidagi ma’lumotlarni 2022-yilning 11-iyul sanasiga qadar n.xudayberdiyev@mintrans.uz elektron manziliga yuborishlari so’raladi.

2022-yilning 11-15 iyul kunlari lavozim talablariga mos kelgan nomzodlar bilan suhbat uyushtiriladi.