Eslatma: Sayt beta rejimida ishga tushirildi. Saytdan foydalanish paytida xatoliklar yuzaga kelishi mumkin.

Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Shaharlararo-viloyatlararo yo‘nalishlarida ishlash huquqini olish uchun tender o‘tkaziladi

Chop etish Sahifani ulashish
29.04.2022 916 Yangiliklar

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 - yil 6 - dekabrdagi “Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 738-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Shaharlararo-viloyatlararo yo‘nalishlar bo‘yicha navbatdagi ochiq tender joriy yilning 31 - may sanasida bo‘lib o‘tadi.

Tenderga joylashtirilgan yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lish, tizimdan foydalanish bo‘yicha qo‘llanmalarni yuklab olish hamda tenderda qatnashish uchun takliflarni taqdim etish jarayonlari e-tender.uztrans.uz veb-sayti orqali amalga oshiriladi.

Shuningdek, talabgorlar tender takliflarini taqdim etishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi hisob raqamiga (ATB “Ipoteka bank” Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) o‘tkazishlari lozim.

Tender takliflarini yuborish uchun to‘lovlar faqatgina tashkilotning bank hisob raqamidan pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshirilishi kerak.

Shaharlararo-viloyatlararo yo‘nalishlar tenderga qo‘yilgan lotlar:

VSh-945 “Shahrisabz - Urganch” Shahrisabz tomondan

VSh-969 “Guliston - Zomin” Gulsiton tomondan

VSh-1130 “Toshkent - Chimboy” Toshkent tomondan

VSh-1103 “Toz qishlog‘i - Arnasoy” ikki tomonidan

VSh-1169 “Toshkent - Konimex” ikki tomonidan

VSh-970 “Gulsiton - Gagarin” Gagarin tomondan

VSh-1154 “Xovos - Jo‘ylangar” ikki tomondan