Eslatma: Sayt beta rejimida ishga tushirildi. Saytdan foydalanish paytida xatoliklar yuzaga kelishi mumkin.

Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining Avtomobil transporti xodimlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti pedagog xodimlarga tanlov e’lon qiladi

Chop etish Sahifani ulashish
05.08.2022 604 Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining Avtomobil transporti xodimlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti pedagog xodimlarga tanlov e’lon qiladi:

Yo‘lovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarning tashish xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha mas’ul rahbari, rahbar o‘rinbosari, transport bo‘limi rahbari va (yoki) harakat xavfsizligi mutaxassislari;

(Dars mashg‘ulotlari yo‘nalishlari: Avtomobil transporti korxonalarini boshqarish, avtomobil transportida tashishni tashkil etish va boshqarish, yo‘lovchilar va yuklarni tashishda harakat xavfsizligini ta’minlash, avtomobil tuzilishi va ularning ekspluatatsiyasi, transport logistikasi)

Avtotransportda halqaro yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi haydovchilar;

(Dars mashg‘ulotlari yo‘nalishlari: Xalqaro avtomobil tashuvlarini tashki etish, yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risidagi milliy qonunchilik, transport vositalari texnik talablarini tartibga soluvchi normativ – xuquqiy xujjatlar, avtotransport xatarlarini sug‘urtalash).

Xavfli yuklarni tashish bilan shug‘ullanuvchi haydovchilar;

(Dars mashg‘ulotlari yo‘nalishlari: xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish qoidalari, xavfli yuklarni tashuvchi haydovchilarga qo‘yiladigan talablar,Xavfli yuklarni xalqaro yo‘llarda tashish Yevropa Kelishuvi talablari va me’yorlari)

Malaka oshirish kurslarida shartnoma asosida dars o‘tish uchun pedagog kadrlarga ochiq mustaqil tanlov e’lon qiladi:

Tanlovda ishtirok etishi uchun nomzodlar ma’lumotnomasini elektron shaklda institut@mintrans.uz elektron pochtasiga yuborishlari zarur.

Hujjatlar 2022 yil 15 avgustgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Pedagog xodimlarga qo‘yiladigan talablar:

Ma’lumoti: Oliy, kamida bakalavr darajasiga ega bo‘lishlari shart.

Mutaxassislik: Avtomobil yoki texnik yo‘nalishda oliy kasbiy ma’lumotga ega bo‘lish, ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bo‘lishi ustunlik beradi.

Mehnat staji: Ushbu sohada kamida 2 yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi hamda sohada kamida 2 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi lozim.

Davlat tilini bilishi: Davlat tilini mukammal bilishi. Suhbat jarayonida og‘zaki va yozma nutqda fikrlarini uzviy va mukammal ifoda eta olishi lozim.

Xorijiy tilni bilish darajasi: Kamida 1 ta xorijiy tilini bilishi, ustuvor ravishda rus tilini bilishi muhim va ingliz hamda boshqa chet tillarini bilishi ustunlik beradi. Bunda xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lishi afzalliklar beradi.

Kompyuter savodxonligi: Kompyuter texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha minimal bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi MS Office ilovalarining ofis to‘plami hamda internet tarmog‘idan foydalana olishi. Word, Excel, PowerPoint, Assess kabi ilovalar hamda internet tarmog‘ida ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim.

Qo‘shimcha talablar.

Davlat talablari asosida tinglovchilar bilan o‘quv ishlarini olib borish, doimiy ravishda malakasini oshirganligi.

  1. O‘quv kurslar kontenti (tegishli mavzu ma’ruza matni, taqdimoti, videodarsi (15 daqiqalik) va test topshiriqlarini tayyorlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi.
  2. O‘qitishda yuksak kasbiy mahoratga ega bo‘lishi.

Pedagog xodimlar mehnatiga haq to‘lash: oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash miqdorlari va shartlari asosida amalga oshiriladi.

Pedagog xodimlar Institut haqida ma’lumotni https://www.avtoilm.uz/ sayti orqali olishlari mumkin.