Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

"Aviasiya sohasida gender tenglik masalalari"ga bag'ishlangan ikkinchi Global Sammit o’tkazildi

Chop etish Sahifani ulashish
10.07.2023 1093 Yangiliklar

2023 yil 5 - 7-iyul kunlari Madrid shahrida xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti IKAO tomonidan "Aviasiya sohasida gender tenglik masalalari"ga bag'ishlangan ikkinchi Global Sammit o’tkazildi. Sammitda Transport vazirligi vakillari ham ishtirok etishdi.
Global Sammitning asosiy maqsadi jahon aviatsiyasida gender tengligini ta'minlash, havo transporti sohasida siyosatni ishlab chiqish va rejalashtirishda gender tengligi masalalarini hisobga olishni ta'minlash, ayollarni aviatsiya sohasiga jalb etish, ish joylarida sharoitlar yaratish va aviatsiya sohasida ayollarning ta'lim olishidagi to'siqlarni bartaraf etishga qaratilgan dunyoning yetakchi amaliyot va tajribalari, dastur va tashabbuslari to'g'risida fikr almashishdan iborat bo’ldi.