Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Transport vazirligi 2021-yil yakunlari bo'yicha amalga oshirgan ishlar natijalari to'g'risida ma'lumot

Тransport vazirligi tomonidan 2021-yil yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijalari to‘g‘risida

MA’LUMOT

 

2021-yilning yanvar-dekabr oylarida amalga oshirilgan ishlar

2021 - yil yanvar-dekabr oylarida temir yo‘l, havo, avtomobil transportlarida jami yuk tashuvlari hajmi 1,45 mlrd  tonna (o‘tgan yilga nisbatan 110,3 foiz), yuk aylanmasi 42,7 mlrd  tonna/km ni (106,5 foiz) tashkil etdi.

Barcha transportda yo‘lovchi tashish hajmi 5,8 mlrd  yo‘lovchi (108,6 foiz), yo‘lovchi aylanmasi 129,6 mlrd  yo‘lovchi/km.ni (109,5 foiz) tashkil etdi.

2021 - yilda Transport O‘zbekiston Respublikasi vazirligi tomonidan Transport sohasida me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish maqsadida 17 ta normativ – huquqiy hujjatlar, jumladan 2 ta qonun, 7 ta Prezident Farmon va qarorlari hamda 8 ta Vazirlar Mahkamasi qarorlari tasdiqlanib, amaliyotga joriy etildi.

2021 - yil 9 - avgustda O‘RQ-706 sonli “Transport to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Mazkur qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 2021 - yil 3 - martda qabul qilingan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati tomonidan 2021 - yil 29 - mayda ma’qullandi.

BMTning “Quruqlik porti” to‘g‘risidagi Hukumatlararo bitimiga qo‘shilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi.

 

Avtomobil transporti sohasida

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 - yil 7 - maydagi “Avtomobilda yo‘lovchi tashish faoliyatini tartibga solishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5108-son qarori qabul qilindi, unga asosan 2022 - yil 31 - dekabrgacha muddatga eksperiment tariqasida yakka tartibdagi tadbirkorlarga 4 ta o‘rindiqli yengil avtotransportda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi berildi. 

Hududlarda shahar atrofi va viloyat ichidagi shaharlararo norentabel avtobus yo‘nalishlarida yo‘lovchi tashishdan ko‘riladigan zararlar mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan qoplash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 - yil 8 - oktabrdagi “Hududlardagi jamoat avtotransport faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 630-son qarori tasdiqlandi.

Yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini tashuvchilarga biriktirish tender jarayonlarini raqamlashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 2021 - yil 6 - dekabrdagi “Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 738-son qarori qabul qilindi.

Respublika bo‘yicha barcha yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari xatlovdan o‘tkazilib, respublikadagi 174 ta tuman viloyat markazlari bilan hamda 9259  ta mahallalarni tuman markazlari bilan bog‘langanlik darajasi o‘rganib chiqildi. Natijada, 1 113 ta mahallalarga jamoat transporti qatnovlari yetib bormaganligi aniqlanib, ushbu mahallalarni jamoat transporti bilan qamrab olish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Ushbu chora-tadbirga asosan joriy 2021 - yilning yanvar-dekabr oylarida respublika bo‘yicha 88 ta avtobus va 121 ta yo‘nalishli taksi, jami 209 ta yangi yo‘nalish tashkil etildi va buning natijasida mavjud 9259 ta mahalladan 9227 tasi yoki 99,7 foizi avtobus va yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari bilan qamrab olindi. Ushbu yo‘nalishlarda 345 ta avtobus, 241 ta mikroavtobus va 734 ta Damas rusumli avtomobillar aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.

Shuningdek, 149 ta yangi avtobuslar  xarid qilindi hamda Samarqand, Toshkent, Jizzax, Buxoro, Farg‘ona, Surxondaryo va 
Qashqadaryo viloyatlarida jami 7 ta avtostansiyalar qurildi va rekonstruksiya qilindi.

Toshkent shahar jamoat transportida Yagona transport kartalaridan to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratish maqsadida 46 ta oylik yo‘l chiptalari va transport kartalar sotish savdo shoxobchalari (kioskalar) va 61 ta metro kassalarida xarid qilish imkoniyati yaratildi.

1 900 dona o‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatuvchi bank terminallari (infokioskalar) hamda amaldagi elektron to‘lov tizimining mobil ilovalari (ATTO, Payme, UZCARD, Click, Apelsin va boshqalar to‘lov tizimlari) orqali transport kartalarini pul mablag‘lari bilan to‘ldirish tizimi joriy etildi.

Toshkent shahrida barcha yo‘nalishga chiqarilayotgan avtobuslar statsionar validatorlar bilan jihozlanishi hamda metropolitenning barcha bekatlarida statsionar validatorlar o‘rnatilishi ta’minlanib, Yagona transport kartalar hamda bir martalik QR-chipta orqali to‘lovni amalga oshirilishi ta’minlandi.

Toshkent metropolitenining Yunusobod yo‘nalishining yangi hamda Qo‘yliq yer usti halqa yo‘nalishi va Sergeli yer usti yo‘nalishi ishga tushirilishi bilan 66 ta avtobus va yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari maqbullashtirildi, bunda 23 ta yo‘nalishlar yopildi, 39 ta yo‘nalishlar qisqartirildi, va 4 ta yangi yo‘nalishlar ochildi.

Toshkent metropolitenining jami 5 ta, xususan, Sergeli yo‘nalishida 3 ta, O‘zbekiston yo‘nalishida 2 ta transport o‘tish bog‘lamalari tashkil etildi.

Toshkent metropolitenining 31 ta yer osti bekatlarida Wi-Fi tizimi “UCeII” kompaniyasi tomonidan aloqa tizimlari yo‘lga qo‘yildi.

 

Temir yo‘l transporti sohasida

 Temir yo‘llarda logistika xizmatlarini rivojlantirish, O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlarga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan  2021 yil uchun:

eksport qatnovida tashiladigan yuklarni tashishda xalqaro tarif stavkalari o‘rniga 60 foizgacha kamaytirilgan mahalliy tarif stavkalari;

import qatnovida yuklarni tashishda 50 foizgacha, hamda tranzit qatnovida Tojikiston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Afg‘oniston yuklarini tashishda 65 foizgacha chegirmalar taqdim etildi.

Xorijiy ekspertlar (BCG va Dutsche Bahn) takliflaridan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining temir yo‘l transporti sohasidagi tarkibiy islohotlar to‘g‘risida”gi qaror loyihasi ishlab chiqildi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari shahar va tumanlarini bog‘lovchi aylanma yo‘nalishli elektropoyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi. Andijon-Xiva-Andijon yo‘nalishida temir yo‘l qatnovlari yo‘lga qo‘yildi.

Lokomotiv parkini yangilash maqsadida Xitoydan 17 ta elektrovoz olib kelindi.

Andijon viloyatida Xonobod vokzali to‘liq rekonstruksiya qilinib foydalanishga topshirildi.

2021 - yilning 24 - iyulida (13 vagondan iborat) birinchi Talgo-250 elektropoyezdi va to‘rt dona ekonom toifali vagonlari hamda 29 - sentabrda ikkinchi Talgo-250 elektropoyezdi O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kelindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent metropoliteni faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqilib, o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanishi ta’minlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent metropoliteni uchun o‘nta to‘rt vagonli metro poyezdlarini xarid qilish” loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida” 2021 - yil 12 - yanvardagi PQ-4943-son qaroriga muvofiq joriy yilning avgust oyida 5 ta va oktabr oyida 5 ta to‘rt vagonli metropoliten poyezdi olib kelindi. Mazkur poyezdlarning yo‘l sinov ishlari yakunlandi va foydalanishga topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Andijon shahrida temir yo‘l ustidan ustidan o‘tuvchi Bobur shoh ko‘chasining 2 ta qismini tutashtiruvchi yo‘l o‘tkazgich qurilishi” loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi.

 

Havo transporti sohasida

Ziyoratchilarni tashish dasturi bo‘yicha xorijiy aviakompaniyalar havo kemalariga yerda ko‘rsatiladigan xizmatlarning asosiy turlari uchun e’lon qilingan tariflarga 50 foizgacha chegirmalar joriy qilindi.

Xalqaro aeroportlarida xorijiy aviakompaniyalar havo kemalariga yerda ko‘rsatiladigan xizmatlarning asosiy turlari tariflari 43 foizga tushirildi.

Koronavirus pandemiyasining aviatsiya sohasiga salbiy ta’sirini inobatga olib “Uzbekistan airways” aviakompaniya barqarorligini ta’minlash maqsadida quyidagi ishlar amalga oshirildi:

aviakompaniyaning xorijdagi samarasiz vakolatxonalarini yopildi;

norentabel yo‘nalishlardagi aviaqatnovlarni bekor qilindi;

aviachiptalarni sotish bo‘yicha aksariyat Bosh agentlar bilan shartnomalar bekor qilindi;

aviachiptalarni xorijda sotish bo‘yicha agentlar (IATA) komissiya miqdori 9 foizdan 5 foizga tushirildi.

mahalliy yo‘nalishlarda aviachiptalar narxi 15-20 foizga arzonlashtirildi.

mahalliy aviaqatnovlar soni 17 tadan 48 tagacha ko‘paytirildi.

Shuningdek, yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulaylik va chegirmalar taqdim etish maqsadida “Uzbekistan Airways” tomonidan aviachiptalarini Click mobil ilovasi orqali xarid qilinganda 2 foizgacha “Kesh-bek” qabul qilib olish imkoniyati yaratildi.

Aviakompaniyaning rasmiy veb sayti orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qilingan aviachiptalarga 3 foiz chegirma taqdim etilmoqda.

Yo‘lovchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida barcha aviaqatnovlarga onlayn ro‘yxatdan o‘tish va joylarni tanlash (pullik) tizimi joriy etildi.

Yuridik shaxslarga aviachiptalarni xarid qilish va hisob varaqalarini veb - sayt orqali rasmiylashtirish imkoni yaratildi

“Toshkent” xalqaro aeroportida yo‘lovchilar va kuzatuvchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida taksilar,  sayyohlik avtobuslari va chet el delegatsiyalarining transport vositalariga aeroportning estakadasidan foydalanish imkoniyati yaratildi.

Transport vazirligi huzuridagi “O‘zaviatsiya agentligi” tomonidan  bir kun ichida xorijiy aviakompaniyalar tomonidan ziyorat turizmi bo‘yicha charter reyslarni amalga oshirish yuzasidan kelib tushgan so‘rovnomalarni ko‘rib chiqish va javob berish tizimi yaratildi (Avval ushbu muddat 72 soat bo‘lgan).

“Uzbekistan Helicopters” tomonidan Fransiyaning “Airbus Helicopters” kompaniyasida ishlab chiqarilgan 2 ta yangi “Airbus-H125” rusumli vertolyot olib kelib, aholi uchun turli yo‘nalishlarda parvozlarni amalga oshirish yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek, tuzilgan shartnoma asosida 2021 - yil 13  va 20 - dekabr kunlari yana 2 ta yangi “Airbus-H130” rusumli vertolyotlar o‘rnatilgan tartibda yetkazib berildi. Hozirda vertolyotlarni yig‘ish jarayoni olib borilmoqda.

“Uzbekistan Airways” AJ Boing kompaniyasi bilan “To‘rtta yangi Boing-787 havo kemalarini xarid qilish” to‘g‘risida tuzilgan shartnomaga muvofiq so‘nggi havo kemasi yetkazilishiga erishildi. 2021 yil 5 may kuni Toshkent xalqaro aeroportida

 “Dreamliner” nomli oltinchi Boeing 787 havo kemasi olib kelindi.

2021 - yil 21 - oktabr kuni Uzbekistan Airways Technics hududida Nesterov Aviation kompaniyasi BySky aviakompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasida mintaqaviy, xizmat ko‘rsatish va sanitariya aviatsiyasini rivojlantirish uchun Shveysariyaning reaktiv Pilatus PC-24 va turbovintli PC-12 NG samolyotlari imkoniyatlari taqdimoti tashkillashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 - yil 8 - avgustdagi “2020-2021 yillarda Farg‘ona viloyatining So‘x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4798-sonli qarorining 11-bandi 2-xatboshisida berilgan topshiriq ijrosini ta’minlash doirasida So‘x tumanida havo kemalar va vertolyotlar uchun uchish-qo‘nish maydonchasi va ma’muriy bino qurish ishlari yakuniga yetkazildi hamda 2021 - yil 1 - noyabr kuni “Humo Air” MChJ tomonidan Farg‘ona-So‘x-Farg‘ona yo‘nalishida AN-2 rusumli havo kemasida texnik reys amalga oshirildi.

2021 - yil 12 - dekabr kunidan boshlab “Humo Air” MChJ aviakompaniyasi Farg‘ona – So‘x – Farg‘ona yo‘nalishida dastlabki bosqichda haftasiga ikki marotaba yo‘lovchi tashuvlari uchun muntazam parvozlarni amalga oshirishni boshladi.

O‘zbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshiruvchi xorijiy aviakompaniyalarning IATAning “2021-2022 Qish” mavsumida tegishli yo‘nalishlardagi parvoz jadvallari tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 - yil 3 - apreldagi 176-son qaroriga muvofiq, joriy yilning 23 - sentabr kuni “Air Marakanda” MChJ XK va “Uzbekistan Airports” AJ o‘rtasida “Samarqand” xalqaro aeroportini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish va boshqarish” loyihasining davlat-xususiy sheriklik bitimi imzolandi.

Aeroportda yangi zamonaviy, soatiga 1200 nafar yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadigan aerovokzal qurilishiga bosh pudratchi etib “Enter enginering” L.T.D qurilish tashkiloti belgilangan. Barpo etish ishlari foiz hisobida 80 foizga, amalga oshirilgan va qurilish ishlari davom etmoqda.

Shu bilan birga, “Samarqand xalqaro aeroporti“ hududida uzunligi 3105 metr va eni 60 metr bo‘lgan yangi uchish-qo‘nish yo‘lagi va 24 ta samolyot to‘xtash joyiga mo‘ljallangan perronni o‘z ichiga olgan yangi aerodrom majmuasi qurilishi to‘liq yakunlandi.

Qatar va BAA aviatsiya ma’muriyatlari bilan ikki tomonlama muzokaralar natijasida O‘zbekiston bilan Qatar o‘rtasida muntazam havo qatnovlarini o‘rnatish hamda O‘zbekiston bilan BAA amaldagi aviaqatnovlarning sonini oshirish hamda yangi qatnovlar ochish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

 

Xalqaro transport koridorlarini rivojlantirish sohasida

Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘l qurilishi loyihasi bo‘yicha videokonferensaloqa orqali 4 ta uchrashuv o‘tkazildi, 2022 - yilda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha uch tomonlama “Yo‘l xaritasi” imzolandi, Loyiha ofislari tashkil etildi, Qirg‘iziston va Xitoy tomonlari o‘z hududida yo‘nalish bo‘ylab dastlabki ekspeditsiyasini amalga oshirdi.

“Mozori-Sharif – Qobul – Peshovar” temir yo‘li qurilishi loyihasi bo‘yicha Toshkent shahrida 5 tomonlama (O‘zbekiston, Afg‘oniston, Pokiston, Rossiya va Qozog‘iston) uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv yakunida 2 ta yo‘nalish bo‘ylab 2022 - yilda qo‘shma ekspeditsiya o‘tkazishga kelishildi hamda loyihani amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” imzolandi.

Milliy eksportyorlarimiz uchun yuklarni temir yo‘lda tashish bo‘yicha qulayliklar yaratish maqsadida asosiy xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha temir yo‘l tashuvlari tariflariga 50-70 foizgacha chegirmalar saqlanib qolishiga erishildi.

“Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston - Turkmaniston - Ozarbayjon - Gruziya” multimodal yo‘nalishida O‘zbekiston orqali tranzit tashuvlari 2021-yil yakunga ko‘ra 1,7 barobarga oshib (2020-yilning mos davriga nisbatan) 134,7 ming tonnani tashkil etdi.

Mazkur multimodal yo‘nalishni tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha imzolangan 5 tomonlama Bayonnomaga Turkiya tomonining qo‘shilishiga erishildi.

“O‘zbekiston - Turkmaniston - Eron - Ummon” yo‘nalishida tashuvlarni rivojlantirish maqsadida Turkmaniston va Eron hududi orqali respublikaning tashqi savdo yuklari tashilishi uchun 70 foizgacha chegirmalar olinishiga erishildi.

Natijada, O‘zbekiston va Eron o‘rtasida jami xalqaro yuk tashuvlari 3,4 barobarga oshib 1,08 mln tonnani tashkil etdi.

O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida jami xalqaro yuk tashuvlari 1,4 barobarga oshib 1,33 mln tonnani tashkil etdi.

Turkiy Kengash doirasida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida avtomobil transportida yuk tashish jarayonini soddalashtirish maqsadida ilk marotaba E-Permit tizimidan foydalanib pilot avtokarvoni tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasining “Universal Logistic Services" (Toshkent), "Axtachi" (Andijon) va "Termez Cargo Center" (Termiz) logistika markazlari Turkiy Kengashga a’zo davlatlar Birodar portlar kelishuviga a’zo bo‘ldi (2021-yil 14-oktabr).

Transport vazirligi hamda Koreya Transport Instituti (KOTI) o‘rtasida Toshkent, Qarshi va Urganch shaharlarida transport tizimini modellashtirish loyihasini Koreya grant mablag‘lari hisobiga amalga oshirish bo‘yicha Hamkorlik Memorandumi imzolandi.

2021 - yil 25 - noyabr kuni Turkmaniston bilan avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlarini amalga oshirish uchun
2020 yilda koronavirus pandemiyasi sabab faoliyatiga cheklov qo‘yilgan “Xo‘jayli” va “Shovot” chegara o‘tkazish punktlari o‘z ishi qayta tiklandi va ushbu o‘tkazish punktlarida kontaktsiz yuk tashuvlari yo‘lga qo‘yildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan BMT shafeligida Transport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirish mintaqaviy markazini ochish tashabbusini amalga oshirish doirasida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistondan mintaqaviy mustaqil tadqiqot markazlari va vakolatli davlat organlari vakillari bilan Konsepsiya ishlab chiqildi.

BMTning “Quruqlik porti” to‘g‘risidagi Hukumatlararo bitimiga qo‘shilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi ishlab chiqildi hamda 2021 - yil 5 - oktabrdagi PQ-5256-son qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi BMTning Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasining «Quruqlik portlari» to‘g‘risidagi Hukumatlararo bitimiga qo‘shildi.

O‘zbekiston va Tojikiston Hukumatlari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali xavfli yuklarni tranzitini amalga oshirish bo‘yicha Hukumatlararo Kelishuv loyihasi tayyorlandi va Tojikistonga Oliy darajadagi tashrif doirasida Transport vazirlari tomonidan imzolandi.

O‘zbekiston Respublikasi va Pokiston Islom Respublikasi o‘rtasida Savdo va tranzit bo‘yicha Hukumatlararo kelishuv loyihasi tayyorlandi va 2021 - yil 15 - iyulda Toshkent shahrida imzolandi. Mazkur Kelishuv bilan ikki mamlakat o‘rtasida va ular orqali tranzit yo‘lovchi va yuk tashish uchun huquqiy asos yaratildi.

Ozarbayjon, Afg‘oniston va Yevropa Ittifoqi davlatlari yuk avtomobillariga O‘zbekistonga kirish va tranzit yig‘im stavkalarini kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi va “2022 - yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni bilan takliflar ma’qullandi.

Avtomobilda xalqaro yuk tashuvlarini amalga oshirishda xorijiy davlatlar bilan avtotransport yig‘imlari bo‘yicha tenglikni ta’minlash va pandemiya sharoitida alternativ transport yo‘laklarini rivojlantirish maqsadida:

Ozarbayjon yuk avtomobillariga kirish va tranzit yig‘im stavkalarini differensial, ya’ni yuk ko‘tarish quvvatlariga ko‘ra (10 tonnagacha – 100 doll., 10 tonnadan 20 tonnagacha – 150 doll., 20 tonnadan yuqori – 200 doll.) belgilandi;

Afg‘oniston yuk avtomobillariga kirish va tranzit yig‘im stavkalari 8 barobarga, ya’ni amaldagi 400 dollardan 50 dollarga pasaytirildi;

Yevropa Ittifoqi davlatlari yuk avtomobillariga kirish va tranzit yig‘im stavkasini alohida o‘rnatib, amaldagi 400 dollar o‘rniga 150 dollar miqdorda belgilandi.