Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

O‘zbekiston Respublikasidagi avtomobil yo‘llari to‘g‘risida ma’lumot

Chop etish Sahifani ulashish
08.12.2019 16859 Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasida mavjud avtomobil yo‘llarining uzunligi 184 000 kmni tashkil qiladi. Bular quyidagicha: Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llar–42 695 km.ni tashkil qiladi (Avtomobilь yo‘llari qo‘mitasi balansida). Shu jumladan: xalqaro ahamiyatdagi – 3 981 km,
davlat ahamiyatidagi – 14 100 km, maxalliy ahamiyatdagi – 24 614 km.
Respublika xududida joylashgan ko‘chalari, ichki xo‘jaliklararo yo‘llari, qishloq qo‘chalari, shaxar tipidagi qishloq ko‘chalari – 116 560 km.ni tashkil qiladi (Maxalliy hokimliklar balansida). Shu jumladan: shaxar ko‘chalari – 7 125 km, tuman markazlari ko‘chalari – 12 530 km, qishloq aholi punktlari – 49 383 km, shahar aholi punktlari – 15 456 km, xo‘jaliklararo qishloq yo‘llari–32 066 km.
Yuridik tashkilotlar yo‘llari – 24 745 kmni tashkil qiladi (Yuridik shaxslar balansida).