Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Doimiy ravishda ta’mirlash va qurilish ishlari amalga oshirilayotgan hududlar haqida ma’lumotlar

Chop etish Sahifani ulashish
06.12.2019 8617 Yangiliklar

Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining joriy ta’mirlash va o‘tkazish darajasini yaxshilash. Joriy yil uchun umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash bo‘yicha pudrat tashkilotlari bilan 377 ta shartnomalar tuzildi. Imzolangan 377 ta shartnomalar bo‘yicha 113,4 mdrd. so‘m bo‘nak mablag‘lari ajratildi. Yil boshidan buyon umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida 113,1 mlrd so‘mlik joriy ta’mirlash va saqlash ishlari bajarildi, 2 300 km qismida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Yillik rejaga nisbatan 164,3 foizni tashkil etdi.

Shundan:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 157,0 km;
Andijon viloyati – 169,0 km;
Buxoro viloyati – 234,0 km;
Jizzax viloyati – 156,0 km;
Qashqadaryo viloyati –211,0 km;
Navoiy viloyati – 185,0 km;
Namangan viloyati – 172,0 km;
Samarqand viloyati – 215,0 km;
Sirdaryo viloyati – 111,0 km;
Surxondaryo viloyati –182,0 km;
Toshkent viloyati – 185,0 km;
Farg‘ona viloyati –211,0 km;
Xorazm viloyati – 112,0 km.