Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Daryo transporti bo‘limi faoliyati to‘g‘risida ma'lumot

Chop etish Sahifani ulashish
08.12.2019 7503 Yangiliklar

Daryo transporti bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining Avtomobil va daryo transportini rivojlantirish departamenti tarkibiga kiradi.
Daryo transporti bo‘limi Transport vazirligi faoliyatini daryo transporti sohasi bo‘yicha masalalari bilan ta’minlaydi.
Daryo transporti bo‘limi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyat yuritadi:
a) Kemachilik registri.
b) Kemachilik inspektsiyasi.
Kemachilik registri fuqaro kemalari va boshqa suzuvchi vositalarni texnik nazorat qilish va tasniflash bo‘yicha davlat organi hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 25 fevraldagi 106-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining ichki suv transporti ustavini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan bosh dvigatelining quvvati 55 kVt va undan ortiq bo‘lgan o‘ziyurar kemalar, yuk ko‘tarish qobiliyati 80 registr tonna va undan ortiq bo‘lgan o‘ziyurmas kemalar va boshqa suzuvchi vositalarini klassifikatsiya qiladi va texnik nazorat olib boradi.
Kemachilik registrining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
suvda inson hayotining muhofaza qilinishini, yuklarning ishonchli tashilishini, suzuvchi vositalarining xavfsiz suzish va foydalanish shartlarini ta’minlaydigan texnik talablar o‘rnatilgan me’yoriy huquqiy bazani shakllantirish;
suvda inson hayotining muhofaza qilinishini va kemalar suzishi xavfsizligini ta’minlaydigan kemalar va suzuvchi vositalarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish, ularni ta’mirlash va qayta jihozlash talablari bajarilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat qilishni tashkil etish va amalga oshirish;
foydalanilayotgan kemalar va suzuvchi vositalarni hisobga olish, tasniflash, Registr qoidalari, shuningdek kemalar va suzuvchi vositalarni ta’mirlashga doir boshqa me’yoriy hujjatlar qoidalari bajarilishini nazorat qilish;
kemalarga va suzish vositalariga klassifikatsiya guvohnomasi, suzishga yaroqlilik to‘g‘risidagi guvohnomasi, neft, oqova suvlar va axlat bilan ifloslanishning oldini olish to‘g‘risidagi guvohnomani hamda Registr qoidalarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlarni berish;
ekologiya va sanitariya normalariga rioya etilishini, O‘zbekiston Respublikasi ishtirok etgan Xalqaro konventsiyalar talablarini bajarilishini, kemalar va suzuvchi vositalardan belgilangan vazifalariga muvofiq foydalanishini nazorat qilish;
texnik nazorat ostida bo‘lgan kemalar va suzuvchi vositalarning, hamda kemalarni qurish va ta’mirlash uchun mo‘ljallangan material va jihozlarning Registr qoidalari va talablariga muvofiqligini aniqlash
kemalarni loyihalashtirayotgan korxonalar, kema ta’mirlash va kema qurish korxonalari, kema egalari, hamda Registrning texnik nazorati ostida bo‘lgan material va jihozlarni tayyorlovchi korxonalar tomonidan Registr qoidalari va talablarinining bajarilishini nazorat qilish;
kemalarning va suzuvchi vositalarining belgilangan vazifalariga muvofiq xavfsiz suzishini, suvda inson hayotini muhofaza qilinishini, yuklarning ishonchli tashilishini, suv ob’ektlarini kemalardan va suzuvchi vositalardan ifloslanishining oldi olinishini ta’minlaydigan texnik talablar ishlab chiqish, davlat standartlari va korxona standartlari, hamda daryo transporti sohasidagi boshqa me’yoriy texnik hujjatlarni kelishish.
Kemachilik registri kema egalari bilan o‘zaro tuzilgan shartnomalarga muvofiq quyidagi davlat xizmatlarini amalga oshiradi:
Kemalarni dastlabki texnik ko‘rikdan o‘tkazish;
Kemalarni har yillik texnik ko‘rikdan o‘tkazish;
Kemalarni navbatdagi texnik ko‘rikdan o‘tkazish;
Kemalarni navbatdan tashqari texnik ko‘rikdan o‘tkazish;
Kemalarni qurish davrida texnik nazorat olib borish;
Kemalarni ta’mirlash va qayta jihozlash davrida texnik ko‘rikdan o‘tkazish;
Kemalarning texnik loyiha hujjatlarini ko‘rib chiqish va kelishish.
Kemalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 5 maydagi “Kemalarni qurishda, foydalanishda, yangidan jixozlashda va ta’mirlashda ularni majburiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 141-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

Kemachilik inspektsiyasi O‘zbekiston Respublikasining ichki kema yo‘llarida foydalanishda bo‘lgan kemalar va suzuvchi vositalarning xavfsiz suzishi, ulardan to‘g‘ri foydalanilishi, yuklarning xavfsiz va ishonchli tashilishi, inson hayotining muhofaza qilinishi va ekologiya normalariga rioya etilishi bo‘yicha nazoratni amalga oshiruvchi davlat organi hisoblanadi va foydalanishda bo‘lgan, xarid qilingan hamda yangi qurilgan kemalarni ro‘yxatga oladi.
Kemachilik inspektsiyasining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
kemalarning va suzuvchi vositalarining xavfsiz suzishini ta’minlaydigan huquqiy-me’yoriy hujjatlar: ustavlar, qoidalar va yo‘riqnomalar ishlab chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi hukumatining qarorlari, qoidalar, yo‘riqnomalar va boshqa me’yoriy hujjatlarning kemachilik xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha talablarining bajarilishini nazorat qilish yo‘li bilan kema qatnaydigan ichki suv yo‘llarida avariya holatlarining oldini olish bo‘yicha profilaktika ishlarini olib borish, hamda kemalarning va suzuvchi vositalarining xavfsiz ishlashiga tahdid soluvchi qoidabuzarliklarni bartaraf etish va oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rish;
kema va suzuvchi vositalar, suzuvchan ponton ko‘priklar, port va pristanlar, kechuv kemalari, nasos stantsiyalarining egalari, kema va zemsnaryadlarning kapitanlari tomonidan kema qatnaydigan ichki suv yo‘llarida suzish xavfsizligini, ulardan to‘g‘ri foydalanilishini, yuklarning ishonchli tashilishini, kemalarning xavfsiz to‘xtab turishini, suvda inson hayotini muhofaza qilinishini, ekologiya normalariga rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan qonunlar va qoidalar talablarining bajarilishini tashkil etish va nazorat qilish;
kemalarda kema hujjatlarining mavjudligi, ularni belgilangan talablarga muvofiq yuritilishi, kema ekipaj bilan to‘liq butlanganligi, kema ekipaji a’zolarida lavozimni egallash huquqi uchun guvohnoma va diplomlarning mavjudligi va muvofiqligi, navigatsiya-shturman jihozlari bilan ta’minlanganligi va ularning holati, navigatsiya priborlari, ko‘rish va tovush signallari, avariyaga, yong‘inga qarshi va boshqa ta’minotlarning mavjudligi va ularning holati, kemalarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash jadvallariga rioya etilishini nazorat qilish;
kema qatnaydigan ichki suv yo‘llar va kemalar suzayotgan vaziyatning holati ustidan nazorat qilish, kema ekipaji a’zolarining bilimlarini tekshirish;
kemachilikda suzish xavfsizligini oshirishni ta’minlaydigan kema boshqarishning progressiv usullarini tatbiq etish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqishni tashkil etish va amalga oshirishni nazorat qilish;
kema va suzuvchi vositalarga ega bo‘lgan, kema qatnaydigan ichki suv yo‘llaridan foydalanayotgan korxona va tashkilotlarning jamoalari orasida kemachilik xavfsizligini ta’minlash va avariya holatlarini oldini olish bo‘yicha profilaktika ishlari olib borish;
kemalar bilan sodir etilgan avariya va avariya holatlarini tekshiradi va hisobini yuritadi, avariya va ularning oqibatlari bilan bog‘liq sabablarni aniqlaydi;
kema va suzuvchi vositalarni ro‘yxatga olish, kema va suzuvchi vositalarga mulk huquqini o‘rnatuvchi va O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i ostida suzish huquqini beruvchi Kema guvohnomasini berish.

Kemachilik inspektsiyasi kema egalari bilan tuzilgan shartnomalarga asosan quyidagi davlat xizmatini amalga oshiradi:
Kemalarni ro‘yxatga olish.

Kemalarni ro‘yxatga olish bo‘yicha davlat xizmatlari Adliya vazirligida
2014 yil 17 iyunda 2595-raqam bilan davlat ro‘yxatiga olingan “Kemalarni ro‘yxatga olish qoidalari”ga muvofiq amalga oshiriladi.