Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Yaponiya elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Chop etish Sahifani ulashish
20.12.2021 3780 Yangiliklar

 

Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choryiev Yaponiyaning favqulodda va muxtor elchisi Yoshinori Fujiyama bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda O‘zbekiston va Yaponiyaning turizm sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, xususan, mamlakatlarimiz o‘rtasida aviaqatnovlarni tiklash bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi.

Uchrashuvda janob Yoshinori pandemiyadan oldin yaponiyaliklar orasida aynan O‘zbekistonga sayohat qilish darajasi ancha yuqori bo‘lganini alohida qayd etib o‘tdi. Pandemiyadan so‘ng nafaqat sayyohlar, balki yaponiyalik ishbilarmonlarning O‘zbekistonga tashrifi sezilarli darajada o‘sishi kutilayotganini ta’kidladi.

O‘z navbatida Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev mamlakatlarimiz o‘rtasida transport sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish har ikki tomon uchun ham manfaatli ekanligini qayd etib o‘tdi. Pandemiya sabab Yaponiyada joriy etilgan cheklovlar natijasida bugun mamlakatlarimiz o‘rtasida aviaqatnovlar amalga oshirilmayapti. O‘zbekiston tomoni Tokioga parvozlarning tiklanishini qo‘llab-quvvаtlashini ma’lum qildi.

Uchrashuvda ko‘tarilgan masаlalarning yechimi yuzasidan tomonlar hamkorlikdagi sa’y-harakatlarni davom ettirishga kelishib oldi.