Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Yangi yo‘nalishlarda poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
12.02.2021 4772 Yangiliklar

 

“O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni ijrosini ta’minlash hamda yo‘lovchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ yangi yo‘nalishlarda poyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘ymoqda.

Jumladan, 2021 - yilning 15- fevral kunidan boshlab, “Andijon – Nukus – Andijon” yo‘nalishida 658/657-sonli;

18 - fevraldan boshlab esa “Termiz – Xiva – Termiz” yo‘nalishida 684/683-sonli yo‘lovchi poyezdlari qatnovi boshlanadi.

Shu munosabat bilan joriy yilda bir qator yo‘nalishlarda harakatlanadigan poyezdlarning harakat jadvaliga o‘zgartirish kiritiladi:

14 - fevraldan, 93-sonli “Andijon – Toshkent”;
17 - fevraldan, 84/83-sonli “Toshkent – Termiz – Toshkent”;
19 - fevraldan, 656-sonli “Andijon – Xiva”;
20 - fevraldan, 6434-sonli “Urganch – Pitnak”;
21 - fevraldan, 398-sonli “Andijon – Xiva”.