Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi loyihasini amalga oshirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi" imzolandi

Chop etish Sahifani ulashish
08.06.2024 1052 Yangiliklar

7-iyun kuni Pekin shahrida O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilhom Maxkamov, Qirg‘iz Respublikasi transport va kommunikatsiyalar vaziri Tilek Tikebayev hamda “Xitoy temir yo‘llari” davlat korporatsiyasi Bosh muhandisi o‘rinbosari Tszyuy Gotszyan o‘rtasida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Uchrashuvda uch mamlakat transport vazirliklari hamda temir yo‘l ma’muriyatlari rahbarlari Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi bo‘yicha 6-iyun kuni imzolangan hukumatlararo bitimda belgilangan vazifalarni amalga oshirish hamda loyihani moliyalashtirish mexanizmlarini muhokama etishdi.

 

Qizg‘in muhokamalar yakuniga ko‘ra Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi loyihasini amalga oshirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi" hamda ishchi guruhni tuzish to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

 

Mazkur hujjatlarni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi Zufar Nazrullayev, “Kыrgыz temir jolu” MK” davlat korxonasi Bosh direktori Azamat Sakiyev hamda “China Railway Corporation” Bosh direktori Chjou Sin imzolashdi.