Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

"Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston" temir yo‘l loyihasi muhokama qilindi

Chop etish Sahifani ulashish
13.10.2023 1742 Yangiliklar

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Qirg‘iz Respublikasi transport va kommunikatsiyalar vazirligi hamda ikki mamlakat temir yo‘l kompaniyalari vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Transport vazirining birinchi o‘rinbosari M.Omarov hamda Qirg‘iz Respublikasi transport va kommunikatsiyalar vaziri o‘rinbosari I.Bariyev rahbarligida o‘tkazilgan vidokonferentsaloqa shaklidagi uchrashuvda tomonlar “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temiryo‘li qurilishi loyihasini moliyalashtirish modeli masalasini muhokama etishdi.