Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Xitoy bilan multimodal konteyner tashuvlari rivojlantiriladi

Chop etish Sahifani ulashish
18.01.2024 1027 Yangiliklar

Bugun, 18-yanvar kuni Xitoyning Shandong provinsiyasi Tszinan shahrida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, “TEMIRYO’LKARGO” AJ va Xitoyning “Shandong Port Logistics Group Co., Ltd” kompaniyasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Uchrashuvda “Shandong Port Logistics Group Co., Ltd” kompaniyasi raisi Van Vey, transport va logistika muammolarini o‘rganish markazi direktori Bekzod Xolmatov, “TEMIRYO’LKARGO” AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari Oybek Jabarovlar ishtirok etdi.

 

Tomonlar port va logistika resurslariga tayangan holda, multimodal konteyner tashuvlarini birgalikda amalga oshirish, butun logistika jarayonida axborot almashinuvini ta’minlash bo‘yicha har tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar.

 

Tadbir so‘ngida “Shandong Port Logistics Group Co., Ltd” kompaniyasi hamda “TEMIRYO’LKARGO” AJ o‘rtasida mavjud logistik imkoniyatlardan foydalanish bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolandi. Mazkur kompaniya yuk anlanmasi bo‘yicha Xitoyda 1 o‘rinda, dunyoda esa 3 o‘rinda turadi.