Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Xitoy bilan fuqaro aviatsiyasi sohasidagi hamkorlik rivojlantiriladi

Chop etish Sahifani ulashish
19.01.2024 952 Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi delegatsiyasi hamda Xitoy Xalq Respublikasining  Fuqaro aviatsiyasi ma’muriyati o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tmoqda.

 

Muzokaralarda ikki mamlakat o‘rtasida aviaqatnovlar hajmini oshirish hamda parvozlar geografiyasini kengaytirish masalalari muhokama etilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda O‘zbekiston hamda Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida Uzbekistan airways  aviakompaniyasi Toshkent – Pekin yo‘nalishida haftasiga 3 marta, Xitoyning China Southern airlines aviakompaniyasi haftasiga 4 marta, Toshkent – Urumchi yo‘nalishida Uzbekistan airways  hamda China Southern airlines aviakompaniyalari haftasiga 2 martadan, shuningdek, Loong Air aviakompaniyasi Sian – Toshkent hamda Chengdu – Toshkent yo‘nalishlarida haftasiga 3 martadan muntazam aviaqatnovlarni bajarmoqda.