Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Xalqaro yuk tashuvlarida o‘zbek milliy tashuvchilariga o‘rnatilgan cheklov bekor qilindi

Chop etish Sahifani ulashish
29.12.2023 1382 Yangiliklar

Afgo‘niston hududi bo‘ylab xalqaro yuk tashuvlarida o‘zbek milliy tashuvchilariga o‘rnatilgan cheklov bekor qilindi. 

 

Transport vaziri Ilhom Maxkamov Afg‘oniston transport va fuqaro aviatsiyasi vaziri vazifasini bajaruvchi Hamidullo Oxunzoda boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan o‘tkazgan uchrashuv yakunlari bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.

 

Xususan, o‘zbek milliy tashuvchilari uchun tranzit va Afg‘onistonning boshqa hududlariga tashuvlar jarayonida o‘rnatilgan cheklov bekor qilindi.

 

Shuningdek, 2024-yildan boshlab tomonlar xalqaro avtomobil tashuvlarida undiriladigan yig‘im va to‘lovlarni paritet asosida o‘rnatish bo‘yicha aniq maqsadlar belgilab olindi.