Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Voljskiy – Toshkent va Moskva – Toshkent yo‘nalishida navbatdagi maxsus poyezdlar qatnovi amalga oshiriladi

Chop etish Sahifani ulashish
17.03.2021 4056 Yangiliklar

 

COVID-19 koronavirus pandemiyasi davrida Rossiya davlatida qolib ketgan yurtdoshlarimizni mamlakatimizga olib kelish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan navbatdagi maxsus poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda.

Jumladan, Voljskiy – Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan 483-sonli poyezd 19 mart kuni Moskva vaqti bilan soat 20:50da "Voljskiy" stansiyasidan, shuningdek, 22 mart kuni Moskva – Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan 476-sonli maxsus poyezd 22 mart kuni Moskva vaqti bilan soat 22:28da "Kazanskiy" temir yo‘l vokzalidan jo‘naydi.

Yo‘lovchilarga chipta xarid qilishda qulaylik yaratish maqsadida elektron chiptalarni sotish yo‘lga qo‘yilgan. Voljskiy hamda Moskvadagi fuqarolarimizning yaqinlari O‘zbekistonda turib “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining https://e-ticket.railway.uz veb-sayti orqali chiptalarni elektron tarzda xarid qilib, internet orqali ayni daqiqada Moskva hamda Voljskiydagi hamyurtlarimizga jo‘natishlari ham mumkin.

IZOH: Qo'shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo'l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.