Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

 Vision Invest kompaniyasi transport infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etmoqchi

Chop etish Sahifani ulashish
10.11.2023 1903 Yangiliklar

Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev Saudiya Arabistonining «Vision Invest» kompaniyasi prezidenti Omar Ali Midani boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda mamlakatimizda amalga oshirilishi rejalashtirilgan yo‘l xo‘jaligi va transport sohasidagi infratulma loyihalari, mazkur loyihalarni amalga oshirish mexanizmlari muhokama etildi.

 

«Vision Invest» kompaniyasi vakillari hududiy aeroportlarni davlat xususiy sheriklik shartlari asosida rivojlantirishga qaratilgan istiqbolli loyihalarda ishtirok etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishni ma’lum qildi. Uchrashuv davomida bir nechta loyihalar yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi.