Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Uzbekistan Airways Toshkent – Samarqand yo‘nalishida aviaqatnovlarni tikladi

Chop etish Sahifani ulashish
13.12.2021 4073 Yangiliklar

 

Samarqand xalqaro aeroporti ochilishi munosabati bilan Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toshkent – Samarqand – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni qayta tikladi.

Ushbu yo‘nalishdagi ilk qatnovlar joriy yilning 14, 15 va 16 - dekabriga rejalashtirilgan. Shuningdek, Samarqand – Moskva –Samarqand, Samarqand – Istanbul – Samarqand, Samarqand – Olmaota – Samarqand, Samarqand – Sankt-Peterburg – Samarqand yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro qatnovlar joriy yilning 17 - dekabr kunidan boshlanadi.

Aviaqatnovlar jadvali bilan www.uzairways.com saytida tanishish mumkin. Ma’lumot uchun telefon: +998 78 140 02 00