Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Uzbekistan Airways Olmaota, Aktobe va Oqtovga parvozlarni qayta yo‘lga qo‘yadi

Chop etish Sahifani ulashish
13.01.2022 3274 Yangiliklar

 

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 2022-yil 15-yanvardan boshlab, Toshkent-Olmaota-Toshkent, Samarqand-Olmaota-Samarqand, Nukus-Aktobe-Nukus, Urganch-Oqtov-Urganch, Nukus-Oqtov-Nukus yo‘nalishlari bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni qayta yo‘lga qo‘yadi.

Olmaota xalqaro aeroporti xalqaro qatnovlarni soat 08:00 dan 21:00 gacha (Olmaota vaqti bilan) qabul qiladi. Shu munosabat bilan Toshkent-Olmaota-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY-765/766 qatnovi 16-yanvar kuni bekor qilinadi.

Mazkur parvoz yo‘lovchilari 17-yanvar kuni Toshkent-Olmaota-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY-763/764 aviaqatnovi orqali manzilga yetkaziladi.  

Olmaota va Aktobe, Oqtov shaharlarida bekor qilingan (2022-yil 7-dan 13-yanvarga qadar) qatnovlar yoʻlovchilari aviachiptaning toʻliq qiymatini xarid qilingan joyda qaytarib olish yoki istalgan boshqa bo‘sh sanaga bepul qayta bron qilish huquqiga egadirlar.

Batafsil:  www.uzairways.com 

Ma'lumot uchun telefon: +998 78 140 02 00