Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Uzbekistan Airways mahalliy qatnovlar jadvalidagi o'zgarishlar

Chop etish Sahifani ulashish
20.03.2020 9304 Yangiliklar

20-28-mart kunlari Toshkent - Urganch - Toshkent yo'nalishi bo'yicha HY051/052 qatnovlari bekor qilindi.

HY051 qatnovining yo'lovchilari shu kunlarda Toshkentdan Urganch shahriga HY011 qatnovi orqali Nukusda oraliq qo'nish bilan olib boriladi. Toshkentdan ketish vaqti soat 09:00 da, Urgenchga kelish vaqti soat 12:10 da.

HY052 qatnovining yo'lovchilari HY012 qatnovi orqali Toshkentga olib boriladi. Urganchdan ketish soat 12:50 da, Toshkentga kelish soat 14:10 da.

E'tibor bering! Toshkent - Nukus yo'nalishi bo'yicha HY011 qatnovining ketish vaqti o'zgardi. Toshkentdan ketish — soat 09:00 da, Nukusga kelish — soat 10:40 da.

Nukus - Toshkent yo'nalishi bo'yicha HY012 qatnoviga aviachiptasi bo'lgan yo'lovchilar Urganchda oraliq qo'nish bilan olib boriladi. Nukusdan ketish — soat 11:20 da, Toshkentga kelish — soat 14:10 da.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so'raydi va tushunishingizga umid qiladi.