Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

"Uzbekistan airways" aviakompaniyasi Samarqand shahridan yangi mahalliy yo‘nalishlarda qatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda

Chop etish Sahifani ulashish
04.03.2021 4186 Yangiliklar

 

Mamlakatimizda ichki turizmni yanada rivojlantirish, yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida joriy yilning 28 - mart kunidan e’tiboran "Uzbekistan airways" aviakompaniyasi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlarni amalga oshirishni boshlaydi:

Samarqand – Farg‘ona – Samarqand

Samarqand – Urganch – Samarqand

Samarqand – Namangan – Samarqand

 

Mazkur yo‘nalishlarda parvozlar quyidagi jadval bo‘yicha har kuni amalga oshiriladi.

 

Samarqand – Farg‘ona uchish vaqti 15:55, kelish vaqti 16:55.
Farg‘ona – Samarqand uchish vaqti 17:45, kelish vaqti 18:50.

 

Samarqand – Urganch uchish vaqti 11:50, kelish vaqti 13:05.
Urganch – Samarqand uchish vaqti 13:55, kelish vaqti 15:05.

 

Samarqand – Namangan uchish vaqti 08:05, kelish vaqti 09:05.
Namangan – Samarqand uchish vaqti 09:55, kelish vaqti 11:00.

 

Batafsil ma’lumotlarni aviakompaniya rasmiy veb-saytidan olish mumkin.