Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Turkiya bilan transport sohasidagi hamkorlik aloqalari rivojlantiriladi

Chop etish Sahifani ulashish
01.11.2023 1776 Yangiliklar

Bugun, 1-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilxom Maxkamov Turkiya Respublikasi transport va infratuzilma vaziri Abdulkadir Uralo‘g‘lu bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda mamlakatlarimiz o‘rtasida transport-logistika sohasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni yangi bosqichga olib chiqish istiqbollari muhokama etildi.

 

Tomonlar avtomobil transportida yuk tashuvlari jarayonini yengillashtirish, sohaga raqamli texnologiyalarning joriy etilishi natijasida milliy tashuvchilar uchun qulayliklar yaratilganligini, jumladan, 2022-yilda E-Permit raqamli ruxsatnomlar almashish dasturi ishga tushirilganligi alohida eʼtirof etdi.

 

Bugungi kunda ushbu dasturga nafaqat qo‘shni mamlakatlar balki uzoq xorijiy davlatlar tomonidan ham katta qiziqish bildirilayotganligi taʼkidlab o‘tildi. Tahlillarga ko‘ra joriy yilning sentyabr oyiga qadar ikki mamlakat o‘rtasida avtomobil transporti orqali 710,9 ming tonna turli yuklar tashilgan. Bu o‘tgan davrdagi ko‘rsatkichdan 32,8% yuqoridir.

 

Transport sohasidagi yana bir yo‘nalish fuqaro aviatsiyasini rivojlantirish maqsadida ikki tomonlama hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar natijasida o‘zaro aviatashuvlar soni haftasiga 55 ta reysga yetkazildi.

 

Muzokara natijalariga ko‘ra tomonlar o‘zaro hamkorlikda transport-logistika markazlarini va yuk tashish sohasida qo‘shma korxonalarni tashkil etish, temir yo‘l va jamoat transportida zamonaviy raqamli axborot texnologiyalarini joriy etish, transport sohasi xodimlarning malakasini oshirish, yo‘l qurilishi sohasida infratuzilma loyihalarini ishga tushirish, aviatsiya sohasida DXSh asosida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish borasida aloqalarni yanada mustahkamlashga kelishib oldi.