Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

"TTZ AShB – Mashinasozlar metrosi AShB" yo‘nalishida ekspress avtobus qatnovi tashkil etildi

Chop etish Sahifani ulashish
23.11.2022 3197 Yangiliklar

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi “Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-111-sonli qarorga asosan aholining jamoat transportidan foydalanish darajasini oshirish maqsadida, joriy yilning 23-noyabr kunidan boshlab, E-1-sonli "TTZ AShB-Mashinasozlar metrosi AShB" yangi ekspress avtobus yo‘nalishi tashkil etildi.

 

E–1-sonli yangi ekspress avtobus yo‘nalishi "TTZ AShB" dan Yuzrabot, Gulsanam, Buyuk Ipak Yo‘li, Mirzo Ulug‘bek, Taraqqiyot 2-tor ko‘chalari orqali “Mashinasozlar metrosi AShB"ga qadar harakatlanadi. Harakat davomida avtobuslar TTZ bozori, Buyuk Ipak Yo‘li metrosi, Shifokorlar malakasini oshirish instituti, Ashxobod bog‘i bekatlarida to‘xtab o‘tadi.

 

Yo‘nalishda katta sig‘imli avtobuslar beshta jadval asosida 15 daqiqalik oraliq interval bilan harakatlanadi. Harakat jadvaliga muvofiq avtobuslar tonggi soat 7:00 dan 22:00 ga qadar yo‘nalishda harakatlanadi. Yo‘lkira haqi 2500 so‘m etib belgilangan.

 

Ushbu ekspress avtobus yo‘nalishi Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani Ulug‘bek qo‘rg‘oni, Toshkent viloyatining Chirchiq shahri, Qibray va Bo‘stonliq tumanlaridan kirib kelayotgan yo‘lovchilar oqimini tezkorlik bilan Toshkent shahri markazi va Toshkent metropoliteni yo‘nalishlariga yetkazib berish maqsadida tashkil etildi.