Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Transport vaziri Buyuk Britaniya elchisi bilan uchrashdi

Chop etish Sahifani ulashish
05.09.2024 951 Yangiliklar

Bugun, 5-sentabr kuni Transport vaziri Ilhom Maxkamov Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Timoti Smart bilan uchrashdi.

 

Elchi janoblari Buyuk Britaniyaning O‘zbekiston bilan transport sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni, xususan, infratuzilma, avtomobil va temir yo‘l transporti sohasidagi loyihalarni rivojlantirishga bo‘lgan qiziqishini alohida ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, mamlakatning eng yirik kredit agentliklaridan biri UK Export Finance ishtirokida Turkiya va Janubiy Koreyaning transport loyihalarini moliyalashtirish tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

 

I.Maxkamov Buyuk Britaniya bilan infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, Transport universiteti bilan qo‘shma o‘quv dasturlarini tashkil etish, shuningdek, aviareyslarni yo‘lga qo‘yish yo‘nalishda hamkorlikni kengaytirishni ta’kidlab o‘tdi.

 

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha memorandum loyihasini ishlab chiqish hamda qo‘shma ishchi guruh tuzishga kelishib oldi.