Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Transport va logistika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi

Chop etish Sahifani ulashish
12.09.2023 2033 Yangiliklar

12-sentabr kuni Transport vaziri Ilxom Maxkamov Rossiya Federatsiyasi transport vaziri o‘rinbosari D.Zverev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

Uchrashuvda transport va logistika sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

 

Jumladan, xalqaro avtomobil tashuvlari uchun ruxsatnoma blankalari sonini ko‘paytirish, ikki davlat shaharlari o‘rtasidagi reyslar chastotasini oshirish va Toshkent - Janubiy-Saxalinsk yangi yo‘nalishini ochish, mamlakatlar o‘rtasida O‘zbekiston – Turkmaniston – Kaspiy dengizi – Rossiya multimodal yo‘nalishida eksport-import yuk tashuvlarini tashkil etish hamda hamkorlikning boshqa masalalari ko‘rib chiqildi.