Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Tojikiston bilan transport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokkama etildi

Chop etish Sahifani ulashish
12.01.2022 3832 Yangiliklar

 

Bugun, 12 - yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligida Xalqaro avtomobilь tashuvlari masalalari bo‘yicha o‘zbek-tojik qo‘shma komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri o‘rinbosari A.Mo‘minov hamda Tojikiston Respublikasi Transport vaziri o‘rinbosari Sh.Saidmurodzoda rahbarligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda mamlakatlarimiz o‘rtasida xalqaro avtomobil tashuvlari sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

Tomonlar xalqaro avtomobil tashuvlari sohasidagi ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlik holati haqidagi axborot bilan bo‘lishishdi. Ular, shuningdek, bu sohada imzolangan kelishuvlarning amalga oshirilishi qanday borayotganini muhokama qilishdi.

Yig‘ilishda tomonlar koronavirus pandemiyasi sabab bugungi kunda to‘xtab qolgan avtobus qatnovlarini qayta tiklash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan ham fikr almashdi. Shuningdek, "O‘zbekiston – Tojikiston – Xitoy" transport koridorini rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi.