Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Toshkentdan Samarqandga qo‘shimcha «Afrosiyob» qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Chop etish Sahifani ulashish
03.01.2022 3857 Yangiliklar

 

Yo‘lovchilarga yanada ko‘proq qulaylik hamda ichki turizmni rivojlantirishda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 2022 - yil 9 - yanvardan boshlab, har haftaning yakshanba kunlari “Samarqand – Toshkent – Samarqand” yo‘nalishida 767/768 sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdlarining qatnovini yo‘lga qo‘yadi.

Harakat jadvaliga ko‘ra 767-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdi yakshanba kunlari soat 10:50 da “Samarqand – Toshkent” yo‘nalishida, 768-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdi esa shu kuni soat 13:40 da “Toshkent – Samarqand” yo‘nalishida qatnovini amalga oshiradi.

Shu bois amaldagi “Afrosiyob” zamonaviy poyezdlarining harakat jadvaliga o‘zgartirish kiritiladi.

Unga ko‘ra bugungi kunda soat 08.30 da “Toshkent – Samarqand” yo‘nalishida harkatini amalga oshirayotgan 764-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdi 2022-yil 9 - yanvardan boshlab, soat 07:00 da Toshkent markaziy temir yo‘l vokzalidan qatnovini amalga oshiradi.

Har kuni soat 17:06 da “Samarqand – Toshkent” yo‘nalishida qatnovini amalga oshirayotgan 763-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdi esa, ushbu sanadan boshlab soat 16:40 da Samarqand temir yo‘l vokzalidan qatnovini amalga oshiradi.

Bugungi kunda soat 09:02 da “Toshkent – Buxoro” yo‘nalishida qatnovini amalga oshirayotgan 770-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdi 2022- yil 9 - yanvardan boshlab, soat 08:30 da Toshkent markaziy temir yo‘l vokzalidan harakatini boshlaydi.

Hozirgi kunda soat 15:02 da Buxoro – Toshkent yo‘nalishida qatnovini amalga oshirayotgan 769-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdi esa ushbu sanadan boshlab, soat 15:27 da Buxoro temir yo‘l vokzalidan harakatlanadi.

Shuningdek, soat 15:50 da “Buxoro – Toshkent” yo‘nalishida harakatini boshlaydigan 761-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdi mazkur sanadan boshlab, soat 15:52 da Buxoro temir yo‘l vokzalidan qatnovini amalga oshiradi.

Bugungi kunda soat 04:55 da “Buxoro – Toshkent” yo‘nalishida qatnovini amalga oshirayotgan 765-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdi esa, 9 - yanvardan boshlab, soat 04:31 da Buxoro temir yo‘l vokzalidan harakatini boshlaydi.

Amaldagi boshqa “Afrosiyob” zamonaviy poyezdlari o‘z harakat jadvali bo‘yicha harakatlanadi.