Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Toshkentdan Chorvoqqa mavsumiy avtobus qatnovi boshlandi

Chop etish Sahifani ulashish
30.04.2024 950 Yangiliklar

Toshkent viloyatiga keluvchi xorijiy va mahalliy sayyohlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida poytaxtdan Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga ("Chorvoq" erkin turistik zonasiga) grafik asosida qatnovchi mavsumiy avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yildi.

 

Avtobuslar "Mashinasozlar metro bekati – Chorvoq" yo‘nalishida har kuni grafik asosida harakatlanadi. Qatnov masofasi 75 km bo‘lgan yo‘nalishda yo‘lovchilar belgilangan manzilga 1 soat 30 daqiqada yetib boradi.

 

“Mashinasozlar” metro bekatidan avtobuslar soat 8:00 va 18:00 da jo‘naydi.

Chorvoqdan (Humson) esa 6:00 va 16:00 da harakatlanadi.

 

Qatnovlar "Uzautotrans service" korxonasining YUTONG avtobuslarida amalga oshirilmoqda. Ushbu yo‘nalishda yo‘lkira narxi 20 000 so‘m etib belgilangan.