Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Toshkentda TDTga aʼzo mamlakatlar temir yoʻl maʼmuriyatlari rahbarlarining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Chop etish Sahifani ulashish
27.10.2022 2223 Yangiliklar

 

Bugun, 2022-yil 27-oktabr kuni Toshkent shahrida 5 ta davlat – O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkiya temir yo‘llari rahbarlarining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir doirasida Turkiy tilli tashkilotiga aʼzo davlatlar temir yoʻl maʼmuriyatlari oʻrtasida faol hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi.


Tadbirni Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi B.Amreyev kirish so‘zi bilan ochdi va u mazkur transport yo‘lagini rivojlantirishning alohida ahamiyatini, TDTga a’zo davlatlar o‘rtasida yuk tashish hajmini oshirish yo‘llari, shuningdek, o‘zaro hamkorlik va umumiy hamkorlikning bir qator muhim masalalarini hal etish zarurligini ta'kidlab, manfaatli natijalarga erishishga katta umid bildirdi.


Xususan, yig‘ilishning barcha ishtirokchilarini “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi X.Xasilov qutlab, TDT davlatlari O‘zbekistonning muhim va ishonchli hamkorlari ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, soʻnggi yillarda turkiy mamlakatlarda temir yoʻl transporti sezilarli darajada rivojlanganligini, ochiq vagonlardan tashqari, konteyner tashuviga ham talab yuqori ekanligini taʼkidlab o’tdi. Bundan tashqari, 2019-yilda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Gruziya, Qirg‘iziston va Turkmaniston oʻrtasida “OTM mamlakatlari – Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston – Turkmaniston – Ozarbayjon – Gruziya – Yevropa”  xalqaro multimodal yo‘nalishini rivojlantirish toʻgʻrisida imzolangan bayonnomani amalga oshirilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. 


Tadbir davomida barcha temir yoʻl maʼmuriyatlari rahbarlari transport sohasini, xususan, temir yoʻl transportini TDT davlatlari oʻrtasida faol rivojlantirish va oʻzaro hamkorligini yanada rivojlantirishga katta intilishlarini bildirdilar.


Shuningdek, kun tartibida yuk tashish hajmini oshirish, qoʻshni davlatlar tranzit tashuvlarini tashkil etish, konteyner va multimodal tashuvlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, axborot texnologiyalari va dastlabki maʼlumotlar sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.