Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

"Uzbekistan Airways" Namangan shahriga qo‘shimcha qatnovni yo‘lga qo‘yadi

Chop etish Sahifani ulashish
27.10.2021 4363 Yangiliklar

 

Uzbekistan Airways АJ yo‘lovchilar yuqori talabidan kelib chiqqan holda 2021-yilning 31-oktabridan 2022-yil 20-martiga qadar Toshkent-Namangan-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha qatnovni yo‘lga qo‘yadi.

Mazkur qatnov haftaning har yakshanba kunida amalga oshiriladi. Aviachiptalar quyidagi harakat jadvali bo'yicha amalga oshiriladi (mahalliy vaqt):

Toshkent – Namangan 19:20/20:20
Namangan – Toshkent 21:00/21:50

Toshkent – Namangan – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha bagajsiz bir tomonga aviachipta narxi 99343 so'mdan, bagaj bilan esa 111 763 so'mdan boshlanadi. Shuningdek, mazkur yo‘nalishdagi borish va ortga qaytish uchun aviachiptalar narxi bagajsiz 173 850 so‘mdan, bagaj bilan 198 686 so‘mdan boshlanadi.

Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin. Eslatib o‘tamiz, aviakompaniyaning rasmiy sayti orqali aviachipta xarid qilib olayotganda 3 foizli chegirma taqdim etiladi